AQShda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanadi, agar...

AQShda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanadi, agar...

AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, qayd etilgan o‘limlarga qaramay, barqarorlashmoqda, dedi Oq uyning epidemiya bo‘yicha koordinatori Debora Birks.

Biroq, u cheklov choralari muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, infeksiyaning ikkinchi to‘lqini xavfi haqida ogohlantirgan.

U virus tarqalishini sekinlashtirish uchun aholiga keyingi 30 kun uyda qolish kerakligini eslatdi.

"Agar odamlar uydan chiqib, ijtimoiy aloqada bo‘lishsa, yaqin orada ikkinchi jiddiy to‘lqin paydo bo‘ladi", dedi u NBC telekanaliga bergan intervyusida.

Prezident Donald Tramp ham kelgusi haftalardagi qiyin vaziyat haqida ogohlantirdi. So‘nggi 24 soat ichida mamlakatda 1736 nafar virus yuqtirgan odam vafot etdi, qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 12722 ga yetdi. Umuman respublikada 398785 kishi koronavirusga chalingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!