AQSh vise-prezidenti Trampni hokimiyatdan chetlatishdan bosh tortdi

A A A
AQSh vise-prezidenti Trampni hokimiyatdan chetlatishdan bosh tortdi

AQSh vise-prezidenti Maykl Pens ko‘plab demokratlar talab qilganiga qaramay, AQSh prezidenti Donald Trampni hokimiyatdan chetlatishdan bosh tortdi.

AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi vise-prezidentni Trampni hokimiyatdan chetlatish uchun mamlakat konstitusiyasiga kiritilgan 25-tuzatishdan foydalanishga chaqirdi. «Menimcha, voqealarning bunday rivojlanishi mamlakatimiz manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi yoki bizning konstitusiyamizga mos emas», — dedi vise-prezident.

«O‘tgan hafta men saylovlar natijalarini aniqlash uchun konstitusiyaviy vakolatlarim doirasidan chiqib ketishim uchun bosimga berilmadim va endi Vakillar palatasining mamlakatimiz hayotidagi jiddiy davrda siyosiy o‘yinlarni o‘tkazish harakatlariga bo‘ysunmayman», — qo‘shimcha qildi u. 

25-tuzatishga ko‘ra, vise-prezident prezidentning vakolatlari muddatidan oldin tugatilganda, uning qobiliyatsizligi holatida davlat rahbari lavozimini egallaydi. Bundan tashqari, ushbu tuzatish AQSh rahbarining vaqtincha qobiliyatsizligini aniqlash tartibini ham belgilaydi, unga ko‘ra vise-prezident Oq uy rahbari sifatida ishlay boshlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!