Timur Kapadze: "Xalqimiz va Prezidentimiz bildirgan ishonchni oqlay oldik"

Timur Kapadze: "Xalqimiz va Prezidentimiz bildirgan ishonchni oqlay oldik"

O‘zbekiston U-23 terma jamoamiz Qatar maydonlarida o‘tayotgan qit’a musobaqasining yarim finalida Indoneziya termasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Vakillarimizni Olimpiadaga olib chiqqan bahsdan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze quyilagilarni aytdi:

Butun xalq bizning g‘alabamizni kutib turgandi va biz buni sezdik. Finalga chiqqanimizni Prezidentimiz, xalqimiz, millatimizga bag‘ishlaymiz!

Maqsadimizga, niyatimizga erishdik. Bitta qadam qo‘ydik, ikkinchi qadamimiz finalda bo‘ladi Xudo xohlasa. Ushbu o‘yinga ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, kerakli natijani qo‘lga kiritamiz. Inshaalloh, hammasi biz o‘ylagandek bo‘ldi, muxlislar oldida ham yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

Endi yurtimizga kubok va oltin medallar bilan qaytish niyatidamiz. Niyatimiz xolis edi, bu uchun ko‘p yil tayyorgarlik ko‘rgandik. Xudoga shukr, barchasini ijobiy bajara oldik.

To‘g‘ri, yigitlarni ancha vaqt tayyorlab keldik. O‘rtada "Olimpik" loyihasi vujudga keldi va shu bilan yo‘lga chiqdik. Ancha mehnat qildik, qiyinchiliklar ham bo‘ldi. Ammo ishlashdan to‘xtamadik, tayyorlanishda davom etdik.

Bundan tashqari, biz ikkita katta musobaqada ishtirok etdik. Osiyo kubogi, Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etdik. Yigitlardan minnatdorman, xalqimiz va Prezidentimiz bildirgan ishonchni oqlay oldik, menimcha. Bundan xursandmiz va yordam bergan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!