Andijon shahar kadastrining bo‘lim boshlig‘i pora olmaganmidi?!

Andijon shahar kadastrining bo‘lim boshlig‘i pora olmaganmidi?!

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan K.Bobaqulov fuqaro Z.D.dan turar-joy bino-inshootiga egalik huquqini beruvchi hujjatlarni rahbarlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 800 AQSh dollari olayotgan vaqtda qo‘lga olinganligi haqida xabar berilgandi. Lekin, Davergeodezkadastr qo‘mitasi matbuot xizmati bu ma’lumotni qisman inkor qildi. 

Aslida esa K.Boboqulov fuqaro Z.D.ni bino-inshootlariga ART loyihasini qurilish bo‘limidagi tanishlari orqali hal etib berishni vada qilib, kelishilgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtda xuquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dallilar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!