Ana xolos! Moskvada Shavkat Mirziyoyevning nomiga soxta sahifa ochilgan ekan

Ana xolos! Moskvada Shavkat Mirziyoyevning nomiga soxta sahifa ochilgan ekan

Facebook ijtimoiy tarmog‘i boshqaruv raisi Facebook va Instagramdagi 300dan ortiq akkaunt va sahifalar ishonchli bo‘lmagan harakatlari uchun tozalangani haqida ma’lum qildi.

17 yanvar kuni Facebook ma’lum qilishicha, ushbu sahifalar "Rossiya bugun" deb nomlangan Kreml loyihasi asosida Sobiq itttifoq mamlakatlarida yolg‘on axborotlarning tarqatilishi yuzasidan amalga oshirilgan.

Bu boshqa mamlakatlar bilan bog‘liq hol. Masalan, Rossiyada ochilgan bir sahifaga Tojikiston prezidenti nomi berilgan, yana bir boshqa sahifa esa Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yuritilishi qayd etilgan, ammo, faktlarga ko‘ra, u soxta va Rossiyada turib boshqarilmoqda.

2017 yilning 10 oktyabr kuni Facebookda Gruziya, Armaniston, Latviya, Litva, Estoniya, Qirg‘iziston, Tojikiston va Checheniston uchun analog tekshiruvchi sahifalar ochilgan. Ushbu sahifalarda esa Sputnik agentligi nomi ostida Rossiyaga qarshi va asosan feykdan iborat xabarlar joylashtirilgan.

O‘zbekiston uchun rus tilidagi "O‘zbekiston, men sizga yangilik olib keldim" deb nomlangan sahifa ochilgan bo‘lib, bu yerdagi barcha ma’lumotlar Googlega yuklangan. Google esa o‘z navbatida, Sputnik Uzbekistan saytini yuklab bergan. Bularning barchasi manbasi noma’lum Sputnik Uzbekistan saytiga kiruvchilarning sonini oshirish maqsadida qilingan.

Tojikiston, O‘zbekiston va Checheniston prezidentlari sahifalarida 150 000 foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgani aytilmoqda.

ca-news.org

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!