Ana xolos! Maymunlar odamlarga qarshi urush e’lon qilishdi

Ana xolos! Maymunlar odamlarga qarshi urush e’lon qilishdi

Aytish kerakki, bu safar vaziyat ancha jiddiy. Sharqiy Afrika hududida yashovchi maymunlar odamlarga hujum qila boshlashdi.

Eng yomoni, vafot etganlar orasida chaqaloqlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. “Planetanovosti.com” portali bergan xabarga ko‘ra, primatlar oldingiga qaraganda ancha aqlli bo‘lib qolishgan.

Ma’lum qilinishich, maymunlar allaqachon inson go‘shtini tatib ko‘rishgan va borgan sari turli afsonalarda nomi keltiriladigan vahshiy maxluqlarga o‘xshab ketishmoqda. “National Geographic” manbasiga ko‘ra, primatlar o‘rmonlar keskin kamayganidan keyin agressiv bo‘lib qolishgan. Bu esa ularning ozuqasi kamayishiga olib kelmoqda ekan.

Eng ko‘p qurbon Kiyamajaka qishlog‘iga to‘g‘ri kelmoqda: bir necha yil ichida oltita bola shimpanze panjalaridan vafot etdi. Ntegeka Semata ismli ayolning so‘zlariga ko‘ra, 2014 yil 20 iyul kuni u bolalar bilan dalada ishlagan. To‘satdan ularning oldiga katta maymun yugurib kelib, kichkina bolani ushlab olgan va ayolning ko‘z o‘ngida o‘ldirib yeya boshlagan. Eng achinarlisi unga hech kim yordam bera olmagan.

Qayd etilishicha, ushbu voqea birinchisi emas.

Hozirda hukumat primatlarga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar ketma-ketligini tuzib chiqishmoqda, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!