Amerika kompaniyasi Dori-Darmon unga ishonchli boshqaruvga berilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

Amerika kompaniyasi Dori-Darmon unga ishonchli boshqaruvga berilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

Toshkentda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi hamda Amerikaning United Investment Healthcare Group kompaniyasi o‘rtasida Dori-Darmon kompaniyasini ishonchli boshqaruvga berish to‘g‘risidagi shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat Dori-Darmon milliy farmasevtika kompaniyasini rivojlantirishning yangi strategiyasiga huquqiy asos yaratadi. Amaliyotga boshqaruvning zamonaviy uslublari, eksklyuziv axborot texnologiyalari, shuningdek, mutaxassislarni Amerikaning farmsanoat professionallarini jalb qilgan holda samarali o‘qitish tizimi joriy etiladi.

So‘nggi yillarda kompaniya moliyaviy holati keskin yomonlashdi. 2018 yilda 11 oy ichidagi faoliyati yakunlariga ko‘ra, sheriklar va banklardan qarzdorlik tegishli ravishda 125,4 milliard so‘m va 54 milliard so‘mga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh kompaniyasi Dori-Darmon’ni besh yil muddatga ishonchli boshqaruvga olyapti. Agar chet ellik hamkor belgilangan biznes-ko‘rsatkichlarga erisha olsa, u holda kelishuv yana besh yil muddatga uzaytiriladi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!