Aleksandr Lukashenko: o‘zbeklarday savdo qilishni bilganimizda, hozirgidan ikki marta boyroq bo‘lardik

Aleksandr Lukashenko: o‘zbeklarday savdo qilishni bilganimizda, hozirgidan ikki marta boyroq bo‘lardik

Avval xabar qilinganidek, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. 

 

Mazkur tashrif tafsilotlarini yoritib borayotgan Belarus Telegraf agentligi – “BelTA”ning xabar berishicha, ikki mamlakat rahbarlarining tor doiradagi muzokarasida Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston iqtisodiyoti va davlatlararo munosabatlari taraqqiy etayotganidan belaruslar mamnun ekanini aytib o‘tgan. 

 

Shuningdek, u yurtimizda istiqomat qilayotgan belarus diasporasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik izhor qilgan. 

 

“Men bu yerga Sizning Belarus va belaruslarga munosabatingiz uchun minnatdorlik bildirgani keldim. Biz, avvalo, mehnatsevarligimiz bilan bir-biriga juda o‘xshash xalqmiz. Agar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizni o‘zbeklar kabi savdo qilishni bilganimizda, hozirgidan ikki karra boyroq bo‘lardik. O‘ylaymanki, sizlar bizga o‘z tajribangizni o‘rgatasiz,” – degan Belarus rahbari. 

 

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!