Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assosiasiyasi vise-prezidenti etib saylandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assosiasiyasi (IKA) vise-prezidenti etib saylandi. Bu haqda Sport vazirligini matbuot xizmati xabar qilmoqda.
11 aprel kuni Termiz shahrida Xalqaro kurash assosiasiyasi ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ijroqo‘m a’zolari kurashning vatani bo‘lgan mamlakat O‘zbekiston bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun yangi IKA vise-prezidenti lavozimini joriy etishga qaror qilgan.
IKA prezidenti Haydar Farman ushbu yangi tashkil etilgan lavozimga O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovni tayinlashni taklif qildi. Kengash a’zolari ushbu taklifni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.
Foto: Sport vazirligi
Foto: Sport vazirligi
Xalqaro kurash assosiasiyasining ijroqo‘m yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov hamda MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.