9-may yaqin. O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga qancha miqdorda mukofot beriladi

9-may yaqin. O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga qancha miqdorda mukofot beriladi

9 may umumxalq bayrami Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan yurtimizda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7,5 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida gi farmonida belgilab berildi.

9 may umumxalq bayrami Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlari moddiy rag‘batlantiriladi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlaydi.

O‘tgan yili Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 million so‘m pul mukofoti berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!