22 yoshli qizni vahshiylarcha o‘ldirgan qotil qo‘lga olindi

22 yoshli qizni vahshiylarcha o‘ldirgan qotil qo‘lga olindi

Ispaniyada politsiya Alkala-de-Eneres barida ishlaydigan 32 yoshli Manuyel Morenoni hibsga oldi. U rossiyalik 22 yoshli Dariyani o‘ldirilganlikda gumon qilinmoqda.

Dekabr oyining oxirida Dariyaning yo‘qolganligi haqidagi xabarni polisiyaga qizni bolalagida asrab olgan ispanlar oilasi ma’lum qilgan.

Afsuski, qidiruv ishlari davomida qizning tana qoldiqlarigina topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz Moreno bilan ikki yildan ortiq yashagan. Orada qandaydir kelishmovchilik chiqqan-u, yigit o‘zini tutolmay qizni o‘ldirib, tanasini bo‘lakalarga bo‘lib, muzxonaga yashirib qo‘ygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!