2023 yilning mart oyidan Polshadagi ukrainalik qochqinlar turar joy binolari uchun to‘lov to‘laydi

 2023 yilning mart oyidan Polshadagi ukrainalik qochqinlar turar joy binolari uchun to‘lov to‘laydi

Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy Polsha radiosi efirida Ukrainadan qochqinlarni qabul qilish shartlariga o‘zgartirishlar kiritilishi haqida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2023 yil 1 martdan boshlab jamoaviy joylashtirish muassasalarida 120 kundan ortiq bo‘lgan ukrainalik qochqinlar uchun to‘lov joriy etiladi. Dastlab, Ukrainadan kelgan qochqinlar ijara narxining 50 foizini, bir necha oydan keyin esa 75 foizini to‘laydi.

Ushbu majburiyat, nogironlar, bolalar, homilador ayollar, pensiya yoshidagi shaxslar va kamida uchta bolani boqayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Nizomda, shuningdek, 24 fevraldagi Rossiya hujumidan keyin Polshaga kelgan Ukraina fuqarolarining PESEL raqamini olish uchun arizasi majburiy bo‘lishi nazarda tutilgan. PESEL raqamini olgan va Polshani tark etgan qochqinlar uchun bu raqam muzlatiladi.

"Biz qochqinlarning keyingi to‘lqiniga tayyorlanyapmiz va tizim shunga mos ravishda shay bo‘lishini istaymiz. Shunda Polsha soliq to‘lovchilari qochqinlarning keyingi to‘lqini uchun imkon qadar kamroq to‘lashlari kerak bo‘ladi", — deb tushuntirdi Polsha bosh vaziri.

Polsha Chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya tajovuzi boshlanganidan beri deyarli sakkiz million kishi Ukrainadan kirib kelgan, 6 million 200 ming kishi esa chiqib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!