20 iyundan akademik liseylarga qabul boshlanadi

20 iyundan akademik liseylarga qabul boshlanadi

Joriy yil 20 iyundan akademik liseylarda 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘quvchilardan hujjatlarini qabul qilish boshlanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, o‘quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar akademik liseylarda tashkil etilgan maslahat kengashlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yo‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihonni topshirish hamda imtihonni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport/ID-karta) nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 6ta rangli fotosurat (oq fonda).

Bundan tashqari, hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali akademik liseylarga o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn topshirishi ham mumkin bo‘ladi.

O‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni ham topshiradi.

Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!