Yurtimizda avtomobil chiroqlarini kunduz kuni yoqib yurishni bekor qilishga qaratilgan tashabbus boshlandi

Yurtimizda avtomobil chiroqlarini kunduz kuni yoqib yurishni bekor qilishga qaratilgan tashabbus boshlandi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari avtomobil chiroqlarini kunduzi yoqib yurish bo‘yicha chiqarilgan qarorni bekor qilishni so‘rab tashabbus bilan chiqdi.

Feysbuk foydalanuvchilaridan biri Xalq bilan muloqot guruhida quyidagi mazmunda post qoldirgan:

Assalomu alaykum! Aziz yurtdoshlar! Avvalo barchangizga Ramazon oyi muborak bo‘lsin! Sizlardan bir narsani iltimos qilmoqchiman. Gap shundaki xozirda barchamizni qiynab kelayotgan muammo - avtomobil chiroqlarini kunduz kuni yoqib yurish bo‘yicha qaror barchaning diqqat markazida! Xozirda bir qator fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Abdulla Aripovga ushbu qarorni bekor qilish bo‘yicha Ariza tayyorlamoqdamiz. Shuning uchun sizlardan ushbu holat, ya’ni chiroqlar yonib ketishi bo‘yicha, akkumulyator va boshqa holatlar yuzasidan surat, video materiallar va shikoyatlaringizni yozib, surat, video, arizalarni jo‘natishingizni so‘rayman .

Ushbu post ostida turli mazmundagi fikrlar bildirilmoqda. Kimdir ushbu qarorning foydali ekani haqida yozsa, boshqa birov yurtimiz iqlimi yoz oylarida kunduzgi chiroqlarni yoqib yurishga imkon bermasligini aytgan.

Okil Alikhodjaev: Agar bu qaror tufayli yo‘lda piyodalar o‘limi bir yilgi statistika bo‘yicha bittaga kamaysa, demak qaror o‘zini oqlagan bo‘ladi. O‘ylaymanki, anchaga qisqaradi. Siz kalta o‘ylab ish tutayapsiz. Xorijda hech qaysi davlatda bu narsadan mashinalar yonib ketmagan. Men buni shu soha mutaxassisi bo‘lganim uchun aytayapman.

O‘zini soha mutaxassisi deb atagan yana bir foydalanuvchi shunday fikr bildirgan:

Erkin Abdulaxatov: Yoz oylarida kunduzi respublika hududlarida mashina faralarining yoqib yurilishini mutaxassis sifatida qo‘llab quvvatlamayman.

Xabaringiz bor, 2019-yilning 10-may kunidan boshlab respublika hududlarida kunduz kunlari ham mashina yoritgichlarini yoqib yurish to‘g‘risida hukumat qarori ishga tushadi. Respublikamiz serquyosh o‘lka bo‘lib, yozning iyun, iyul hamda avgust oylari kunduz kunlari 99% quyoshli bo‘ladi. Yoz oylarida oxirgi uch yillikda global iqlim o‘zgarishi tufayli, respublika hududlariga janubdan Eron issiq havo massalarining kirib kelish faolligi oxirgi 20 yilikka nisbatan 2,5 barobarga oshgan. Respublika hududlarida har bir Eron issiq havo massalarining davomiyligi 4-5 sutkani tashkil etib, bu paytda kunduzlari havo haroratining maksimal qiymatlari +43 darajadan +48 darajagacha ko‘tariladi. Asfalt yuzasidagi harorat esa +80 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Bu darajadagi qaynoq asfalt sirti ustida harakatlanayotgan yoritgichlari yoniq bo‘lgan mashina faralari albatta o‘zini oqlamaydi. Turli xil favqulodda holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu holatlarni inobatga olib, hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!