Yaponiyaga o‘zbekistonlik mehnat migrantlari kerak

Yaponiyaga o‘zbekistonlik mehnat migrantlari kerak

Yaponiya immigrasiyaga oid yangi qonunchilik doirasida O‘zbekistonni ishchi kuchlari eksport mamlakatlari ro‘yxatiga kiritishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bu haqda Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri, janob Takumi Nemoto O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev uchrashuvda ma’lum qildi.

M.Shigefumi o‘zbek delegasiyasiga Yaponiyaning yaqin besh yil ichida 350 ming nafar xorijiy ishchini qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot berdi va ishga joylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jalb etishga qiziqish bildirayotganini aytib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida stajyorlarni texnik tayyorlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi o‘tkazildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!