Yaponiya hukumati Rossiyaga tinchlik shartnomasini muhokama qilishni taklif qildi

Yaponiya hukumati Rossiyaga tinchlik shartnomasini muhokama qilishni taklif qildi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Singapurda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nafaqat iqtisodiy masala, balki tinchlik shartnomasini muhokama qilishni ham taklif qildi. 

Bu haqda Ria novosti xabar beradi. Putin, o‘z navbatida, yapon bosh vaziri ustuvor deb bilgan yo‘nalishlarda mamnuniyat bilan muzokaralarga kirishishini bildirib, “Hali “yigirmatalik”da va ko‘zda tutilgan boshqa vaqtlarda uchrashish imkonimiz bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi. 

Ma’lumot uchun, shu yilning oktyabr oyi oxirida yapon hukumati hududiy masala yechimi asosida Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash niyatini bildirgandi.​​

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!