Yaman qirg‘oqlari yaqinida raketa hujumi oqibatida fuqarolik kemasi zarar ko‘rdi

Yaman qirg‘oqlari yaqinida raketa hujumi oqibatida fuqarolik kemasi zarar ko‘rdi

Buyuk Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining dengiz savdo operasiyalari boshqarmasi (UKMTO) Yaman qirg‘oqlari yaqinida raketa hujumi oqibatida fuqaro kemasiga zarar yetganini ma’lum qildi.

"Kema kapitani ikkita hujum haqida xabar berdi", deyiladi UKMTO bayonotida.

Qayd etilishicha, birinchisi natijasida kemadan qisqa masofada portlash sodir bo‘lgan, uni bortdagi ekipaj his qilgan.

“Kemaga ikkinchi hujum ikkita raketa bilan amalga oshirilgan ko‘rinadi va kema shikastlangan. Rasmiylar hodisa sabablarini o‘rganmoqda”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!