Yamal Yevroda Ronalduning muvaffaqiyatini takrorladi

Yamal Yevroda Ronalduning muvaffaqiyatini takrorladi

Lamin Yamal Krishtianu Ronalduning Yevrodagi muvaffaqiyatini takrorladi.

Ispaniya terma jamoasining 16 yoshli vingeri Yevro-2024 1/8 finalida Gruziyaga qarshi o‘yinda (4:1) golli uzatmani amalga oshirdi. Turnirda hech kim undan ko‘p golli uzatmani amalga oshirmagan - 4 uchrashuvda 2 ta.

"Barselona" futbolchisi Ronaldudan keyin birinchi bo‘lib o‘smirlar o‘rtasida (19 yoshgacha) bir Yevroda birdan ortiq golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliyalik 19 yoshida Yevro-2004da 6 o‘yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lamin Yevro pley-off tarixidagi eng yosh futbolchi hamda turnir va pley-off tarixidagi eng yosh assistentga aylangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!