"Xotinim bilan adashtirib yuboribman": ota o‘z qizini muntazam zo‘rlab kelgani ma’lum bo‘ldi

"Xotinim bilan adashtirib yuboribman": ota o‘z qizini muntazam zo‘rlab kelgani ma’lum bo‘ldi

"Ostona" telekanali Uralskda yuz bergan dahshatli voqea haqida gapirib berdi. U yerda o‘z otasi qizini zo‘rlagan. Pedofil ushlanganda, u qizini xotini bilan adashtirib yuborganini aytgan.

Jabrlanganlar bilan ishlaydigan psixologlarning aytishicha, bunday jinoyatlar, afsuski, kamaymayapti. Qoida tariqasida, bolalar hatto eng yaqin odamlarning yordamiga ham ishonmaydilar.

"Jinsiy daxlsizlik sohasida 30 foizga o‘sish kuzatilmoqda. Yaqinda biz voyaga yetmaganga nisbatan jinoyat ishini ro‘yxatga oldik, u yerda otasi uzoq vaqt o‘z qiziga qarshi jinsiy xatti-harakatlarni amalga oshirgan", deydi Uralsk o‘smirlar polisiyasi katta inspektori Madina Quspanova.

Zo‘ravonlik qurbonlari kelajakda psixologik muammolarga duch kelishadi, deydi mutaxassislar. Eng og‘ir holatda bu shizofreniyaga olib kelishi mumkin.

Zo‘ravonlikka duch kelganda, bolalar uydan qochishadi yoki o‘z joniga qasd qilishadi. Agar o‘tgan yili viloyatda bir kishi o‘z joniga qasd qilgan bo‘lsa, bu yil 15 o‘smir o‘z joniga qasd qilishga uringan. Ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!