Xorazmlik erkakning lotereyasidan "Spark" chiqdi, ammo lotereyani tortib olishdi (VIDEO)

Xorazmlik erkakning lotereyasidan "Spark" chiqdi, ammo lotereyani tortib olishdi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 16 fevral kuni Xorazm viloyati Shovot Markaziy dehqon bozorida fuqaro Iskandarov Isajon Xalq banki tomonidan sotuvga chiqarilgan lotereyani sotib olib, uning maxsus joyini o‘chirganda “Spark” avtomobili chiqqanligi, ammo letereya sotuvchisi I. Iskandarovning qo‘lidan yulib olib, unga 1000 dollar taklif qilingani aks etgan video tarqaldi. 


  Xalq banki ushbu holatni o‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi: fuqarolar Q. K va R. R. birgalikda  Shovot Markaziy dehqon bozorida Xalq banki lotereyalarini sotish bilan shug‘ullanib kelishgan. Ular Xalq banki xodimlari emas. Shuningdek, bu fuqarolarning lotereyalarni sotish bo‘yicha Xalq banki bilan hech qanday shartnomasi ham yo‘q. Ushbu fuqarolar Xalq banki kassalaridan “Omad qushi” lotereyalarining har birini 3 ming so‘mdan sotib olib, fuqarolarga 4 ming so‘mdan sotganligi aniqlandi. 
Xalq banki tomonidan chiqarilayotgan lotereyalar, xususan, “Omad qushi” lotereyasi biletiga ham narxi alohida ko‘rsatib o‘tilgan. 
Ayni paytda Iskandarov Isajon arizasiga binoan mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan tergovga qadar o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!