Xitoyda "paxta ishi": 570 mingdan ortiq uyg‘urlar majburiy mehnatga jalb qilingan

Xitoyda "paxta ishi": 570 mingdan ortiq uyg‘urlar majburiy mehnatga jalb qilingan

Xitoyning shimoli-g‘arbiy hududida joylashgan Sharqiy Turkiston (Shinjon) mintaqasida yuz minglab uyg‘ur millatiga mansub ishchilar paxta terishga majbur qilinmoqda, deyiladi Vashingtondagi «Global Policy Center» tadqiqot markazi tomonidan chop etilgan xabarda.

Ushbu xabarda aytilishicha, Sharqiy Turkistonda 2018 yilning o‘zida 517 mingdan ko‘proq uyg‘ur millatiga mansub odamlar paxta terishga majbur qilingan.

Sharqiy Turkiston dunyoning paxta yetishtirish markazlaridan bir bo‘lib, bu yerda har yili dunyo paxtasining 20 foizdan ko‘prog‘i yetishtiriladi. Bu yerda ishlab chiqarilgan paxta xom-ashyosidan Nike, Gap va Adidas kabi jahonning mashhur brendlari ham foydalanishadi.

Jahondagi inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Sharqiy Turkistonda kamida 1 million kishi lagerlarda tutqinlikda saqlanmoqda. Xitoy hukumati bu lagerlarni kasb-hunar o‘rgatish markazlari deb atab, ushbu lagerlarni himoya qilib kelmoqda.

15 dekabr kuni Xitoy hukumati Sharqiy Turkistondagi uyg‘urlarning majburiy mehnatga jalb qilingani to‘g‘risidagi ayblovlarni qat’iyan rad etdi va lagerlardagi o‘quv dasturlari, ish rejalari va yaxshi ta’lim mintaqadagi ekstremizmni yo‘q qilishga yordam berganini aytdi.

«Global Policy Center» tadqiqot markazining majburiy mehnat haqidagi xabariga izoh so‘ralganda Xitoy hukumati shunday javob bergan:

«Shinjondagi barcha millatlarga mansub ishchilar o‘zlarining kasblarini ixtiyoriy ravishda tanlashadi va korxonalar bilan mehnat shartnomalarini imzolashadi».

Sharqiy Turkistonda yetishtirilgan paxtaning uchdan bir qismini AQSh kompaniyalari sotib olardi. Shu oyning boshida AQSh hukumati “Sharqiy Turkiston ishlab chiqarish va qurilish korpusi” tomonidan ishlab chiqarilgan paxtani o‘z hududiga import qilishni taqiqlab qo‘ydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!