Xitoyda beshta yangi o‘rgimchak turi kashf etildi

Xitoyda beshta yangi o‘rgimchak turi kashf etildi

Xitoyning janubi-g‘arbiy Yunan provinsiyasida olimlar o‘rgimchakning beshta yangi turini topishdi, deb xabar berdi “Sinxua”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hasharotlar 2015 yildayoq aniqlangan, ammo bu haqda yaqindagina ma’lum qilingan.

"O‘rgimchaklar Tongren universiteti olimlari tomonidan 2015 yilning avgust oyida Vulyang tog‘laridan to‘plangan. Besh yillik izlanishlardan so‘nggina ularni tasniflashga erishildi", deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Vulyang tog‘lari milliy qo‘riqxonasida 2700 dan ortiq yuqori o‘simlik turlari, sutemizuvchilarning 123 turi, hasharotlarning esa 600 dan ortiq turlari yashaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!