Xitoy Yanszi daryosida toshqinga qarshi choralarni kuchaytirdi

Xitoy Yanszi daryosida toshqinga qarshi choralarni kuchaytirdi

Xitoy hukumati mamlakatning eng yirik suv yo‘li – Yanszi daryosi havzasida toshqinga qarshi choralarni kuchaytirmoqda. Yangi rejada suv toshqini oldini olish uchun har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish ko‘zda tutilgan.

Xitoy Xalq Respublikasi suv resurslari vazirining o‘rinbosari Chen Min Yanszi daryosi havzalarida va Xitoyning uchinchi yirik ko‘li bo‘lgan - Tayxu ko‘li havzalarida toshqinga qarshi choralarni kuchaytirishga chaqirdi.

"Suv toshqinning oldini olish uchun har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish va zaif aloqalarni mustahkamlash kerak", - deya Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Xinhua agentligi.

Xitoy rasmiysi yog‘ingarchilikni bashorat qilish va suv toshqini monitoringi imkoniyatlarini yaxshilashga chaqirdi va suv toshqini oqibatlarini yumshatish uchun gidrotexnik inshootlardan muvofiqlashtirilgan holda foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Uzunligi 6 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan Yanszi daryosida Xitoyning Chunsin, Uxan, Nankin va Shanxay kabi eng yirik ko‘p millionli megapolislari joylashgan.

Yanszi daryosi bo‘yida shakllangan shahar klasterlari Xitoy yalpi milliy mahsulotining 30% dan ortig‘ini tashkil etadi. Ular orasida Yanszi daryosi deltasi mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mintaqalaridan biridir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!