“Vaqf” fondi Toshkentda uyi yonib ketgan fuqaroga yordam beradi

“Vaqf” fondi Toshkentda uyi yonib ketgan fuqaroga yordam beradi

 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan uyi butunlay yonib ketgan fuqaroga yordam berilishi ma’lum qilindi.
 
Toshkent shahri Olmazor tumani Miskin mahalla fuqarolar yig‘ini Magaziy Mavzuk ko‘chasi 99-uyda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida turar joy binosi butunlay yonib ketgan edi.
 
Xonadon egasi Solihbek Yusufovich Bekxodjayevning yordam so‘rab qilgan murojaati asosida “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari va xodimlari yong‘in sodir bo‘lgan uyga borib, mavjud holat bilan tanishdilar. 2018 yilning 12 avgust kuni taxminan kech soat 22:00 da sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uy butunlay yonib ketganligi va hech narsa qolmaganligi aniqlandi. Miskin MFY raisi M.Isayev boshchiligida tuzilgan komissiya tomonidan o‘rganilgan ma’lumotlarda ham ushbu uyda yashash uchun hech qanday sharoit qolmagani tasdiqlandi.
 
Xonadon egalariga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan tez kunda yordam berilishi ma’lum qilindi.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!