Uzoqqa qocha olmadi: Toshkentda qidiruvda bo‘lgan firibgar qo‘lga tushdi

Uzoqqa qocha olmadi: Toshkentda qidiruvda bo‘lgan firibgar qo‘lga tushdi

2018 yil 4 dekabr kuni soat 23:30 da Mirobod tumanida PPX xodimlari jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchi 41 yoshli B.SH.ni qo‘lga olishdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

 Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan shaxs joriy yil oktyabr oyidan buyon Xorazm viloyatida qidiruvga e’lon qilingan.

B.SH. firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanadi.

Qo‘lga olingach, B.SH. Mirobod tumani IIO FMBga topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!