O‘zi bilan yashashni xoxlamagan o‘g‘lini kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi

O‘zi bilan yashashni xoxlamagan o‘g‘lini kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘zi bilan yashashni xoxlamagan o‘g‘lini kaltaklayotgan ota” sarlavhasi ostida video tarqalganligi bo‘yicha ma’lumot bergan edi.

Aniqlanishicha, 2024 yilning 23 mart kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumanida tug‘ilgan voyaga yetmagan E.YA. Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi tog‘asiga tegishli qurilish mollari do‘konida bo‘lgan vaqtida otasi M.X. kelib, E.YA. ni o‘zi bilan olib ketishini aytgan vaqtida E.YA. u bilan ketishni xohlamasligini, otasi bilan onasining o‘zaro janjallari sabab ular bilan birga yashamasligini ma’lum qilganida, otasi zo‘rlik ishlatib olib ketmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, bu oilada er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik holatlari muntazam ravishda kuzatilganligi sababli joriy yilning 2 fevral kuni O‘rtachirchiq tumani IIB tomonidan M.X. ni tazyiq harakatlarini cheklash maqsadida uning turmush o‘rtog‘i S.M. ga himoya orderi berilgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, materiallar qonuniy hal etilishi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

2024 yilning 25 aprel kuni M.X. ga nisbatan MJtKning 183 (Mayda bezorilik) va 185 (2) moddalari (Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) bilan aybdor deb topib, 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!