"O‘zgidromet" — Hafta oxirigacha sovuq ob-havo saqlanib turadi

"O‘zgidromet" — Hafta oxirigacha sovuq ob-havo saqlanib turadi

Mamlakat bo‘ylab ob-havo sharoitini hozirda markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antisiklon periferiyasi belgilamoqda. Yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Kechalari sovuq 5-10 darajagacha, shimolda va cho‘l hududlarida 12-17 darajagacha ko‘tariladi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0-5 daraja sovuqdan oshmaydi. 

Hafta davomida havo harorati o‘rtacha yillik qiymatlardan 8-10 darajaga past bo‘ladi. Respublikaning ba’zi joylarida tuman kuzatiladi. 

Ushbu davrda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!