O‘zbekistonning uchta kompaniyasi ham Yevropa ittifoqining 14-sanksiyalar paketidan joy oldi

O‘zbekistonning uchta kompaniyasi ham Yevropa ittifoqining 14-sanksiyalar paketidan joy oldi

Evropa ittifoqi O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga sanksiya qo‘lladi.

O‘zbekistonning uchta kompaniyasi ham Yevropa ittifoqining 14-sanksiyalar paketidan joy oldi. Bu haqda Yeni Şafak nashri o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, cheklovlar Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi yoki tahdid soluvchi harakatlar uchun javobgar bo‘lgan yana 116 nafar jismoniy va yuridik shaxsni o‘z ichiga olgan.

Cheklovga uchragan yuridik shaxslar qatorida “Artek” bolalar oromgohi, Qodirov jamoat fondi, “Ural” aviakompaniyasi va “Sovkomflot” ham bor.

"Qora ro‘yxat"ga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kompaniyalari ham kiritilgan. Jumladan, Qozog‘istonning Da Group 22, TOO Elem Group kompaniyalari, Qirg‘izistonning "Myuller Markt", "ProffLab" savdo kompaniyalari hamda O‘zbekistonning 3 ta – Alfa Beta Creative LLC, GFK Logistics Asia LLC, Mvizion LLC kompaniyalariga nisbatan jazo choralari qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, navbatdagi sanksiya paketi quyidagilarni o‘z ichiga olgan:

  • sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalaniladigan Rossiyaning “soya floti” deb ataladigan 27 ta kemasiga nisbatan cheklovlar;
  • investisiyalarni taqiqlash, Arctic STG 2 va Murmansk STG kabi STG loyihalarini yakunlash uchun tovarlar, texnologiyalar va xizmatlarni taqdim etish;
  • EI o‘z aviakompaniyalariga Rossiyadan jismoniy va yuridik shaxslar buyurtma qilgan dunyo bo‘ylab charter va xususiy reyslarni amalga oshirishga taqiq;
  • uchinchi mamlakatlarga harbiy texnikani sotuvchi Yevropa kompaniyalari Rossiyaga reeksport xavfini aniqlash va baholash va ularni kamaytirishga qodir mexanizmlarni joriy etishlari kerak;
  • Rossiyadan geliy importini va marganes rudalarini, bir qator plastmassa turlarini, noyob tuproq elementlarini va elektron komponentlarni Rossiyaga eksport qilishga taqiq;
  • EIdagi siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar va media kompaniyalarning Rossiya hukumatidan pul olishiga taqiq;
  • Rossiya bankining moliyaviy xabarlarni uzatish tizimi (SWIFT’ning ruscha analogi) bo‘yicha chora-tadbirlar;
  • rossiyaliklar tomonidan ma’lum turdagi intellektual mulkni Yevropada ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq;
  • sanksiyalar qo‘llanishi natijasida Rossiya kompaniyalari tomonidan ularga yetkazilgan zararni qoplashni talab qiladigan Yevropa kompaniyalariga taqiq.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!