O‘zbekistonlik o‘quvchi-matematiklar Singapurdan 12 ta medal bilan qaytdi

O‘zbekistonlik o‘quvchi-matematiklar Singapurdan 12 ta medal bilan qaytdi

Singapurda tashkil etilgan Xalqaro matematika olimpiadasida (Singapore International Math Olympiad Challenge – SIMOC) o‘zbekistonlik o‘quvchilar jami 12 ta medal bilan qaytishgan.

Xususan:

  • bitta oltin (S.Hojjaboeva);
  • beshta kumush (N.Ahmadxo‘jaev, A.Oripov, R.Halperin, B.Zokirov, A.Egamberdiev);
  • oltita bronza (S.Rahmatullaeva, A.Oripov , N.Kan, SH.Husnulin, V.Galperin, M.Rahmonberdiyev) medal olishgan.

6-9 iyulda o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada Toshkent shahrining "Lider" va "Genesis" hamda 50-, 159-, 71-maktablaridan 24 o‘quvchi qatnashgan.

Xalqaro matematika olimpiadasida Bolgariya, Vetnam, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Kambodja, Xitoy, Laos, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Myanma, Birlashgan arab amirliklari, Singapur, AQSH, Tayland, O‘zbekiston va Filippindan mingdan ziyod o‘quvchi ishtirok etgan.

Manba: minbar. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!