O‘zbekistonda “Yoshlar media xoldingi” tashkil etiladi

O‘zbekistonda “Yoshlar media xoldingi” tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, “Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyatining, “Yosh kuch” jurnalining, “Yoshlar ovozi” – “Molodyoj Uzbekistana” gazetalarining, “Yoshlar” nashriyot uyining 100 foizlik ulushlarini;

“Ozod yurt to‘lqinlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 61 foizlik (“Mening yurtim” (MY5) telekanali), “Yoshlar ovozi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining (“Yoshlar ovozi” radiosi) 49 foizlik ulushlarini O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga berish va ular negizida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Yoshlar media xoldingi” tashkil etiladi.

Bir oy muddatda Media xoldingga qurilish, moddiy-texnik ta’minoti va boshqa xarajatlari uchun 2020 yilda 46 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishini hamda 2021 yil davomida media kontent (maxsus va axborot dasturlari, ijtimoiy roliklar, intellektual loyihalar va boshqalar) tayyorlash, risola va yosh ijodkorlarning ilk kitoblarini chop etish uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq mablag‘ ajratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!