O‘zbekistonda yil boshidan buyon eksport hajmi salkam 9 mlrd so‘mni tashkil qildi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon eksport hajmi salkam 9 mlrd so‘mni tashkil qildi

2018 yil yanvar-avgust oylarida eksport hajmi 8,6 mlrd. AQSh dollarga (o‘sish sur’ati 4,4%) teng bo‘ldi. Eksport tarkibida tovarlar 76,9 % ulushga ega, bular asosan energiya manbaalari va neft mahsulotlari (20,4 %), oziq-ovqat mahsulotlari (8,6 %), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (7,2 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Yil boshidan buyon O‘zbekiston eksporti hajmi 8,6 mlrd dollarga teng bo‘ldi

2018 yil yanvar-avgust oylarida eksport hajmi 8,6 mlrd. AQSh dollarga (o‘sish sur’ati 4,4%) teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Eksport tarkibida tovarlar 76,9% ulushga ega, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (20,4%), oziq-ovqat mahsulotlari (8,6%), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (7,2%) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Xizmatlar eksporti hajmi 1981,3 mln. AQSh dollarini yoki jami eksport hajmining 23,1%ini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,0%ga o‘sganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport xizmatlari, turizm xizmatlari, telekommunikasiya, kompyuter va axborot xizmatlari, moliyaviy xizmatlaridan iborat.

Respublikadan eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federasiyasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 36,5%ini tashkil qiladi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!