O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 5 oyda 10,6 trln so‘m soliq imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 5 oyda 10,6 trln so‘m soliq imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 5 oyda qancha soliq imtiyozlaridan foydalangani ma’lum qilindi.

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-may oylarida 122 862 ta tashkilot 10,6 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Shu bilan birga:

2 561 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 7,9 trln so‘mdan ortiq QQSsiz operasiyalar amalga oshirgan;

5 958 ta korxona 13 trln so‘mdan ziyod QQS “nol” stavkasini qo‘llagan.

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:

  • QQS – 5,4 trln so‘m;
  • er solig‘i – 1,8 trln so‘m;
  • foyda solig‘i – 1,2 trln so‘m;
  • mol-mulk solig‘i – 979,2 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq – 725,6 mlrd so‘m;
  • JSHODS – 357 mlrd so‘m
  • AOS – 48,7 mlrd so‘m;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,4 mlrd so‘m.

Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va “nol” stavka hisobi alohida yuritiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!