O‘zbekistonda qancha deputat koronavirusga qarshi emlandi?

O‘zbekistonda qancha deputat koronavirusga qarshi emlandi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov quyi palata deputatlari orasida koronavirusga qarshi vaksina olganlar sonini ochiqladi.

«Ayni paytda ushbu infeksiyaga qarshi kurashda eng samarali tadbirlardan biri emlash ekanini, bundan boshqa chora yo‘qligini soha olimlari e’tirof etmoqda. Shunga qaramasdan hozirgi kunga qadar quyi palata deputatlarining 70 nafari ixtiyoriy ravishda emlangan xolos.

Qolgan 75 nafar deputat koronavirusga qarshi vaksina olmagani, shuningdek, quyi palata devoni xodimlari o‘rtasida emlanganlar soni kamligi ham salbiy holat, albatta», – deya ta’kidladi spiker.

Ismoilov bu ishda avvalo har bir inson o‘zi namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

«Aslida biz, tibbiyot xodimlari ishini ko‘paytirmasdan, oilamiz, yaqinlarimiz, hamkasblarimiz va do‘stlarimiz hayotini xavfga qo‘ymasdan, avvalo, o‘zimiz namuna bo‘lishimiz lozim. Qolaversa, koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot olib borishimiz, uning ijobiy samarasini aholining barcha qatlamlariga keng tushuntirishimiz zarur», — dedi spiker Nurdinjon Ismoilov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!