O‘zbekistonda niqob taqmaganlar kamera yordamida aniqlanadi

O‘zbekistonda niqob taqmaganlar kamera yordamida aniqlanadi

Farg‘ona viloyatida 17 oktyabrdan zamonaviy innovasion texnologiyalardan foydalangan holda niqob taqmagan qoidabuzarlar aniqlanadi. Bu haqda viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda ilk marotaba jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilmay, niqobsiz harakatlangan fuqarolarni video, fotofiksasiya vositalari orqali aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

Fotosuratga olingan niqobsiz fuqaroning shaxsi maxsus baza orqali aniqlanib, IIO va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu bayonnoma fuqaroning yashash xonadoniga pochta orqali yuboriladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!