15 mingdan ortiq bola Isroilning G‘azoga bergan zarbalari qurboni bo‘ldi

15 mingdan ortiq bola Isroilning G‘azoga bergan zarbalari qurboni bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektorida 2023 yil 7-oktabrdan beri davom etayotgan agressiyasi natijasida anklavning 15103 nafar voyaga etmagan aholisi halok bo‘ldi.

Bu haqda Falastin Qizil yarim oy jamiyatining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida aytiladi.

Nashrning qayd etishicha, yetti oy davomida Isroil qo‘shinlari G‘azoga havo, dengiz va quruqlikdan zarbalar berib kelmoqda.

Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 35 233 kishiga yetdi, yana 79 141 kishi jarohat oldi. Bu haqda kecha G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli ularga yetib bora olmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!