Eron suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi ikkinchi yirik davlatga aylandi

Eron suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi ikkinchi yirik davlatga aylandi

AQSh Energetika vazirligining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Eron Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha Iroqni ortda qoldirdi va ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar beradi IMNA.

Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, joriy yilning birinchi choragida Eronda suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish darajasi 110 ming barrelga oshgan va bu OPEKning Saudiya Arabistonidan keyin eng yirik neft ishlab chiqaruvchisi mavqeini mustahkamlagan.

AQSh Energetika Axborot Boshqarmasining «World Short - Term Energy Outlook» hisobotiga ko‘ra, Eron 2024 yilning birinchi choragida kuniga 3 million 230 million barrel neft ishlab chiqargan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kuniga 50 ming barrelga ko‘pdir.

Hisobotda Eronning 2023 yilda o‘rtacha xom neft qazib olish hajmi kuniga 2 million 870 million barreldan ortiq bo‘lgani, 2024 yilda esa o‘rtacha ishlab chiqarishning kuniga 3 million barreldan oshishi kutilayotgani qayd etilgan.

Bundan tashqari, 2024 yilning birinchi choragida Eronning umumiy suyuq yoqilg‘i, jumladan, xom neft va kondensat ishlab chiqarish hajmi bir kunida 4,42 million barrelga yetdi. Bu mamlakatning jahon energetika bozoridagi ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!