Rossiya TIV Armanistonning KXSHTni moliyalashtirishni to‘xtatish qarori haqida nima deydi?

Rossiya TIV Armanistonning KXSHTni moliyalashtirishni to‘xtatish qarori haqida nima deydi?

Armanistonning KXSHTni moliyalashtirishni to‘xtatishi muammoga aylanmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin ma’lum qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

«Bu fojia emas, tashkilot ishlashda davom etmoqda», dedi diplomat jurnalistlarga.

«Harbiy-siyosiy nuqtai nazardan, Armanistonning KXSHTga bo‘lgan kelajakdagi yo‘nalishi u yaxshi ifodalashi va tushunishi kerak bo‘lgan milliy manfaatlari bilan ham, mamlakat xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlari bilan ham belgilanadi», - deya qo‘shimcha qildi Pankin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!