Hindiston Eron portini Markaziy Osiyoga kirish eshigiga aylantirdi

Hindiston Eron portini Markaziy Osiyoga kirish eshigiga aylantirdi

Hindiston Eron bilan Hind okeanidagi Eronning Chabahar portini o‘n yil muddatga boshqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi. India Ports Global yoki IPGL Hindiston tovarlarini ushbu port orqali Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlariga va aksincha yetkazib berish bo‘yicha tranzit operasiyalarini amalga oshiradi.

Bu Hindiston nazorati ostidagi birinchi xorijiy port.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar Chabahor uchun istisno qilgan va unga nisbatan hech qanday sanksiyalar joriy qilinmayapti.

Qozog‘iston va O‘zbekiston avvalroq Hindistonga o‘z tovarlarini yetkazib berish uchun Chabahor portidan foydalanishga qiziqish bildirgan.

Hindistonning Markaziy Osiyo bilan tovar ayirboshlash hajmi bor-yo‘g‘i ikki milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Xitoyning mintaqa bilan savdosi 90 milliard dollarga yetgan. Hindiston o‘zining raqiblari Xitoy va Pokistonni chetlab o‘tib, Markaziy Osiyoga yo‘l izlashga majbur, shu bois Eron porti mamlakat uchun juda muhim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!