Yangi Kaledoniya orolida tartibsizliklar boshlandi

Yangi Kaledoniya orolida tartibsizliklar boshlandi

Fransiyaning Tinch okeanidagi mulki hisoblangan Yangi Kaledoniya orolida tartibsizliklar boshlandi.

Fransuzlar favqulodda holat e’lon qilib, hududga qo‘shin kiritdi. Bundan tashqari, TikTok platformasi ham vaqtincha to‘sib qo‘yilgan.

Orol mustaqilligi tarafdorlarining poytaxt Numea shahridagi tinch namoyishlari zo‘ravon tus olib, do‘konlar, dorixonalar, yoqilg‘i quyish shoxobchalariga hujum qilish, avtomobillarni o‘t qo‘yish kabi holatlarga ulanib ketdi. Yuzlab insonlar, shu jumladan o‘nlab huquq-tartibot idoralari xodimlari jarohatlangan. To‘rt kishining esa halok bo‘lgani ma’lum qilinmoqda. Ular orasida 22 yoshli jandarm ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!