Britaniyada baliqlar bilan oziqlanuvchi o‘rgimchak topildi

Britaniyada baliqlar bilan oziqlanuvchi o‘rgimchak topildi

Buyuk Britaniyada kichik baliqlar bilan oziqlanadigan palma kattaligidagi noyob o‘rgimchak topildi. Bu tur yo‘q bo‘lib ketish arafasida edi. Biroq, tabiatni muhofaza qiluvchilar o‘n yildan ortiq vaqt davomida uning sonini ko‘paytirishga harakat qilishdi va bu o‘z samarasini berdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu botqoq o‘rgimchaklari Quyi Waveney vodiysidagi to‘g‘onlarda aniqlana boshlagan. Yana bir namuna yaqinda Shapwick Heath milliy qo‘riqxonasida odamlarning e’tiborini tortdi. Voyaga etgan o‘rgimchakning uzunligi taxminan 7,5 santimetrga etadi

O‘rgimchak yo‘q bo‘lib ketish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli "Yovvoyi tabiat va qishloq" qonuniga muvofiq himoyalangan. 2010 yilgacha Buyuk Britaniyada faqat uchta populyasiya ma’lum bo‘lgan, bu turlarni juda himoyasiz holga keltirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!