Madaniy meros agentligi axborot xizmati "Sarmishsoy va uning hududi bilan bog‘liq yetti ming yillik tarix insoniyat ko‘z oldida vayron bo‘lishi mumukinmi?" mazmunidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
Ma’lumki, «Sarmishsoy» davlat muzey-qo‘riqxonasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 maydagi «Sarmishsoy», «Shahrisabz», «Termiz» va «Qo‘qon» davlat muzey-qo‘riqxonalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori asosida tashkil etilgan. Navoiy viloyati Navbahor tuman hokimining 2009 yil 14 iyuldagi tegishli qarori binoan tuman kadastri tomonidan 5000 ga maydon muzey-qo‘riqxona uchun alohida belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 martdagi «Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga asosan 2019 yilda «Sarmishsoy» davlat muzey-qo‘riqxona hududidan qimmatbaho metallarni ajratib olishda oltin izlovchilarga yer ajratib berilgan va qazishma ishlari olib borilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 martdagi «Moddiy madaniy meros ob’ektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 11-ilovasiga asosan ushbu muzey-qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan tegralarining chegaralari qayta belgilandi.
Hozirgi vaqtda «Sarmishsoy» davlat muzey-qo‘riqxonasi hududidan oltin qazib olish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga yer maydonlarini ajratib berish holatlari mavjud emas.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола Англия Премьер-лигасининг 27-туридан ўрин олган «Ньюкасл»га қарши ўйинда Рубен Диаш ўрнига Абдуқодир Ҳусановни тушириш борасидаги қарорига изоҳ берди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.