Aka-uka 12 soniyada 25 million dollar o‘g‘irladi

Aka-uka 12 soniyada 25 million dollar o‘g‘irladi

AQShda nufuzli Massachusets texnologiya institutini tamomlagan ikki aka-uka atigi 12 soniya ichida 25 million dollarlik Ethereum kriptovalyutasini o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda.

24 yoshli Antonio Pere-Bueno va 28 yoshli Jeyms Pere-Bueno firibgarlik va pul yuvishda ayblanmoqda.

AQSh Adliya vazirligining ta’kidlashicha, ushbu o‘g‘irlik bunday turdagi birinchisidir.

“Aka-ukalar bir necha oy davomida ishlab chiqqan texnologik jihatdan murakkab, ilg‘or sxema orqali bir necha soniya ichida 25 million dollarlik Ethereum kriptovalyutasini o‘g‘irlashdi", dedi AQSh bosh prokurorining o‘rinbosari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!