Fransiya Ozarbayjonni bo‘lginchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Fransiya Ozarbayjonni bo‘lginchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Fransiya hukumati dushanba kuni tartibsizliklar boshlangan Tinch okeanidagi Fransiyaning dengizdagi hududi bo‘lgan Yangi Kaledoniyaga qo‘shin yuborayotganini aytdi. Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron hududda favqulodda holat e’lon qildi va hukumat har qanday zo‘ravonlik ko‘rinishlariga keskin javob berishini aytdi. Rasmiylar Yangi Kaledoniyada komendantlik soati joriy qildi va Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmog‘ini taqiqladi.

Yangi Kaledoniyada tartibsizliklar Fransiya parlamenti mahalliy qonunchilik assambleyasiga saylovlar tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilganidan keyin boshlandi. Chorshanba kuni yakunlangan tuzatishlarga ko‘ra, Yangi Kaledoniyada 10 yil yashagan fransuz fuqarolariga ovoz berish huquqi beriladi. Bu Yangi Kaledoniyaning tub aholisi bo‘lgan ko‘plab kanaklarni g‘azablantirdi va ularning siyosiy ta’siri endi kamayadi deb qo‘rqishadi.

Ozarbayjonning bunga nima aloqasi bor?

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin Ozarbayjon hukumati Yangi Kaledoniyadagi voqealarga aralashayotganini aytdi. “Bu fantaziya emas. Afsuski, ayrim ayirmachilar Ozarbayjon bilan kelishuvga erishdi”— dedi ichki ishlar vaziri France 2 telekanaliga bergan intervyusida. Darmanen qanday aralashuv haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi. Ozarbayjon hukumati Parijning Yangi Kaledoniya ishlariga aralashish haqidagi bayonotlariga hozircha izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!