To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi

To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi.

Bu haqda Oq o‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarining birinchi yig‘ilishi tashqi va ichki tahdidlar hamda tahdidlarning oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish, shuningdek, zarur javob choralarini ishlab chiqish uchun samarali platformaga aylanishini ta’kidladi.

Prezident To‘qayev zamonaviy chaqiriq va tahdidlarning aksariyati transchegaraviy xususiyatga ega ekani, shuning uchun ularga qarshi kurashish umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirishni talab qilishini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!