Erdog‘an: Butun insoniyat Falastin xalqining ozodlik kurashini qo‘llab-quvvatlashi kerak

Erdog‘an: Butun insoniyat Falastin xalqining ozodlik kurashini qo‘llab-quvvatlashi kerak

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze Anqaradagi prezidentlik majmuasida yuzma-yuz va delegasiya muzokaralaridan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazdi.

Prezident Erdog‘an, Gruziya Bosh vaziri bilan terror tashkilotlari, ayniqsa FETÖ va PKK va uyushgan jinoyat tarmoqlariga qarshi kurash samaradorligini oshirishga qaratilgan qadamlarni muhokama qilganliklarini bildirdi.

Bosh vazir Robert Fikoga uyushtirilgan dahshatli hujum haqida chorshanba kuni do‘st va ittifoqchi Slovakiyadan qayg‘uli xabar kelganini eslatgan Erdo‘g‘an, Bosh vazir va Slovakiya xalqiga «tezroq tuzalib ketish» tilaklarini bildirdi.

«Biz mintaqamiz tinchligi, barqarorligi va xavfsizligiga qarshi har qanday harakatlarga qarshi turishda davom etamiz», dedi u. Erdog‘an, do‘st gruziya xalqini 10 kundan keyin nishonlanadigan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!