CENTCOM G‘azo sektorida vaqtinchalik port yaratish yakunlanganini e’lon qildi

CENTCOM G‘azo sektorida vaqtinchalik port yaratish yakunlanganini e’lon qildi

G‘azo sektorida vaqtinchalik port yaratish jarayoni yakunlandi va bir necha kun ichida mintaqaga gumanitar yordam kela boshlaydi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabarida aytiladi.

CENTCOM xodimlari Falastinlik tinch aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun G‘azo sohilida o‘rnatilgan vaqtinchalik portga qo‘ndi. AQSh harbiylari G‘azo sektoriga kirmadi. Bir necha kun ichida G‘azoga gumanitar yordam yetkazib berish qirg‘oqdan yuk mashinalari orqali amalga oshirilishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti G‘azo sektoriga gumanitar yordam tarqatilishini muvofiqlashtiradi, deya xabar beradi CENTCOM.

Avvalroq, 8 may kuni AQSh Mudofaa vazirligi dengiz orqali insonparvarlik yordamini yetkazish uchun G‘azo qirg‘oqlari yaqinida vaqtinchalik port qurilishi yakunlanganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!