Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum 20 oktyabrda bo‘lishi mumkin

Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum 20 oktyabrda bo‘lishi mumkin

Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum 20 oktyabrda bo‘lib o‘tishi mumkin. Respublika Konstitusiyaviy sudi uni mamlakatning asosiy qonunchiligiga muvofiq deb tan oldi.

Bu haqda 16 aprel kuni Moldova prezidenti Mayya Sandu ma’lum qildi.

«Konstitusiyaviy sud YEIga qo‘shilish bo‘yicha referendum konstitusiyaviy hisoblanadi, u 20 oktabrda o‘tkazilishi mumkin, degan qarorga keldi», — deb yozdi Sandu Facebook ijtimoiy tarmog‘ida.

Davlat rahbari referendumda fuqarolarga savol berilishini ta’kidladi: Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi tarafdorimisiz?

Moldova xalqining tinchligi va farovonligini kafolatlash uchun respublikaga «birdamlik, har bir partiya, jamoat tashkiloti, fuqaro ishtiroki» kerak”, - dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, «Evropa Moldovasi uchun birlashish orqali biz umumiy maqsadimizga – moldovaliklar kuchli Yevropa davlatida tinchlik, qadr-qimmat va erkinlikda yashashga erishamiz».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!