Xitoy benzin va dizel yoqilg‘isi narxini pasaytirdi

Xitoy benzin va dizel yoqilg‘isi narxini pasaytirdi

Jahon bozorida neft narxlarining o‘zgarishi munosabati bilan payshanba kunidan boshlab Xitoyda benzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari pasayadi. Bu haqda chorshanba kuni Xitoy Xalq Respublikasi taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi xabar berdi.

“Benzin va dizel narxi mos ravishda tonnasiga 235 yuanga (taxminan 33 dollar) va 225 yuanga tushadi”, - deya xabar berdi Sinxua agentligi Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasiga tayanib.

Mamlakatda amaldagi narx belgilash mexanizmiga ko‘ra, neft mahsulotlari narxi xom neftning jahon narxining o‘zgarishini hisobga olgan holda tuzatiladi.

Qo‘mita Xitoyning uchta yetakchi neft kompaniyasi - China National Petroleum Corporation, China Petrochemical Corporation va China National Offshore Oil Corporation va boshqa neftni qayta ishlash korxonalaridan bozor ta’minoti barqarorligini ta’minlash uchun neft mahsulotlarini to‘g‘ri ishlab chiqarish va tashishni tashkil etishni talab qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!