Shoyguning yangi lavozimdagi asosiy vazifasi nima?

Shoyguning yangi lavozimdagi asosiy vazifasi nima?

Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu yangi lavozimdagi vazifalari haqida gapirdi.

«Kommersant» nashrining yozishicha, Shoygu vazifalar orasida o‘q-dorilar va harbiy texnika ishlab chiqarishni ta’minlashni tilga olgan, biroq «maxsus operasiya» (Rossiyada Ukrainaga qarshi urush shunday deyiladi) uning «asosiy vazifasi » bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan.

«Ularning birortasini ajratib ko‘rsatish qiyin, lekin asosiy vazifa maxsus harbiy operasiya bo‘lib qolmoqda», deb javob berdi Shoygu.

U hozirda frontda barcha yo‘nalishlarda hujum davom etayotganini va «juda yaxshi ketayotganini» ta’kidlab, hujum davom etishiga umid bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!