Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 67 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 67 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning G‘arbiy Sumatra provinsiyasida lava va suv toshqinlari qurbonlari soni 67 kishiga yetdi, 20 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mamlakatning tabiiy ofatlarga qarshi kurash Milliy agentligi rahbari Suxaryanto ma’lum qildi, deb yozadi Sinxua.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarni evakuasiya qilish va qidirishda yordam berish uchun hududlarga askarlar va polisiyachilar yuborilgan.

Milliy agentligi rahbarining qayd etishicha, agentlik kelgusida bunday avariyaning ayanchli oqibatlari takrorlanmasligi uchun fuqarolarni boshqa joyga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Agar ko‘chirish amalga oshirilsa, mahalliy ma’muriyat yer beradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shanba oqshomida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa 45 yil avval xuddi shu hududlarda sodir bo‘lgan tabiiy ofatning takrorlanishidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!